Toshkentning Chilonzor tumanida gaz sizib chiqishi sababli gaz ta’minoti to‘xtatildi — manzillar

O‘zbekiston

Avariya brigadasi nosozlikni bartaraf etmoqda.

Toshkentning Chilonzor tumanida 14-mart kuni 1,2 mingga yaqin xonadon gazsiz qoldi. Bu haqda "Hududgazta’minot" matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yer osti gaz quvuridagi sizib chiqish tufayli gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Quyidagi mahallalarda gaz uzib qo‘yildi:

  • "Mehrjon" mahallasidagi 12 ta ko‘p qavatli uydagi 528 ta xonadonda;

  • "Botirma" mahallasidagi 32 ta ko‘p qavatli uydagi 736 ta xonadonda.

Bundan tashqari, quyidagi mahallalarda gaz bosimi pasaydi:

  • "Mevazor" mahallasidagi 478 ta xususiy uyda;

  • "Qatortol-2" mahallasidagi 314 ta xususiy uyda.

Voqea joyida avariya brigadasi ishlayapti. Ta’mirlash ishlari yakunlanishi bilan gaz ta’minoti tiklanadi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.