Toshkent yo‘llarni ta’mirlash uchun 12 mlrd so‘m oldi

O‘zbekiston

Mablag‘lar tuman obodonlashtirish bo‘limlariga o‘tkazilishi kerak.

Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov poytaxtning barcha tumanlaridagi yo‘llarni ta’mirlash uchun 12 milliard so‘m ajratish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Shahar hokimining qaroriga binoan, mablag‘lar Shaharni rivojlantirish jamg‘armasidan yo‘naltiriladi, Toshkentning har bir tumaniga 1 milliard so‘mdan ajratiladi.

Mablag‘lar tuman obodonlashtirish bo‘limlariga o‘tkazilishi kerak.

Toshkentda 7 martdan, qish mavsumi yakunlangach, yo‘llarni ta’mirlash mavsumi boshlandi. Mutaxassislar Toshkentning transport harakati faol bo‘lgan ko‘chalari holatini tekshirib chiqdilar.

Tahlil natijalariga ko‘ra, 2025-yilda joriy va kapital ta’mirlanishi zarur bo‘lgan ko‘chalar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan manzilli ta’mirlash dasturi ishlab chiqildi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.