O‘zbekistonda 86 turdagi tovarlar uchun eksport bojlari joriy etiladi

Dunyo

Ulardan biri tabiiy gaz bo‘ladi.

Foto: ТАСС

O‘zbekistonda 1-iyuldan 86 turdagi tovarlar uchun eksport bojlari belgilanadi. Tegishli farmon prezident tomonidan imzolandi.

Hujjat eksport tartib-taomillarini JST qoidalariga muvofiqlashtirishga yordam beradi. Eksport boji joriy etiladigan 86 turdagi tovarlarga charm xomashyosi va yarim tayyor mahsulotlar, ipak xomashyosi, paxta ip-kalava va trikotaj kiradi.

Shuningdek, go‘sht, bug‘doy, guruch, mineral o‘g‘itlar, polietilen (PET) chiqindilari, rangli metall parchalari uchun eksport bojlari joriy etilmoqda. Shu bilan birga, ularni olib chiqish uchun prezident yoki hukumatdan ruxsat olish talabi bekor qilinmoqda.

Mahalliy qayta ishlash sanoatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakat ichida ishlab chiqarilgan strategik xom ashyodan ham boj olinadi. Gap quyidagi tovarlar haqida ketmoqda:

  • tabiiy gaz;

  • paxta tolasi va lint;

  • polietilen;

  • polipropilen;

  • polistirol

  • polietilentereftalat;

  • PVX;

  • mis xomashyosi;

  • ba’zi o‘g‘itlar

Yangi chora-tadbirlar mahalliy xomashyo asosida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga yordam beradi. Bojxona qo‘mitasining qayd etishicha, ular qayta ishlash korxonalarining investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.