O‘zbekistonda jazirama issiq boshlanadi

O‘zbekiston

Navro‘z bayrami arafasida soyada 30 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda bayramlar oldidan issiq ob-havo boshlanadi. O‘zgidromet prognozi bilan bo‘lishdi.

17-20 mart kunlari respublika bo‘yicha quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi 7-12, kunduzi 22-25 daraja iliq, ayrim joylarda 27-30 darajagacha issiq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 9-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.