O‘zbekistonda odamlarni ularning roziligisiz suratga olishni taqiqlamoqchi

O‘zbekiston

Qonun loyihasi Adliya vazirligida ishlab chiqilgan.

O‘zbekistonda Adliya vazirligi qonun loyihasini ishlab chiqdi, unga ko‘ra mamlakatda fuqarolarning roziligisiz video va fotosuratlar olishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda davlat xizmatchilarining o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida, to‘y va boshqa ommaviy tadbirlardagi umumiy jarayonni suratga olish, barcha uchun ochiq bo‘lgan manbalardagi tasvirlardan foydalanish, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari tomonidan olingan yozuvlarni rozilik talab qilmasdan qo‘llashga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, shaxsiy hayot daxlsizligini buzish maqsadida shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yashirin to‘plashdan foydalanganlik uchun jarima joriy etish taklif qilinmoqda.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.