17-mart kuni Toshkent shahar IIBB The Tower Hotel mehmonxonasi kiraverishida yuz bergan janjal natijasida Boris Avakyanga og‘ir tan jarohati yetkazganlikda ayblanayotgan Akmal Shukurov qo‘lga olingani haqida xabar berdi.
Huquq-tartibot organi xodimining ma’lum qilishicha, 30 yoshli Shukurov tergovdan yashirinib yurgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) va 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bo‘yicha ayb e’lon qilinib, qidiruvga berilgan hamda sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Gumonlanuvchi Qozog‘istonda ushlangan. Hozirda uni Toshkentga ekstraditsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.
16-mart kuni Toshkentdagi The Tower Hotel mehmonxonasining yuqori qavatida joylashgan 12 bari kiraverishida mushtlashuv sodir bo‘lgan, natijada Boris Avakyan boshidan jiddiy jarohat olib, hushsiz holatga tushgan. Jabrlanuvchi qizni ushlangan erkakning tajovuzkor xatti-harakatlaridan himoya qilishga uringan.