Ijtimoiy tarmoqlarda Geologiya muzeyining eski binosi buzila boshlangani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Madaniy meros agentligi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
2024-yil oxirida Geologiya muzeyi Taras Shevchenko ko‘chasidan Mirzo Ulug‘bek tumani Olimlar ko‘chasidagi yangi binoga ko‘chib o‘tdi. Barcha eksponatlar olib ketildi.
1928-yilda qurilgan tarixiy bino Madaniy meros obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan. 2022 yilda elektron auksion orqali xususiy investorga sotilgan. Yangi mulkdor tarixiy obektga zarar yetkazmaslik va muzeyning tutash devorini qayta tiklash majburiyatini olgan.
Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi 2024 yil 23 martda ushbu hududda ko‘p qavatli turar-joy binosi qurishga ruxsat bergan, biroq 50 metr qo‘riqlanadigan hududni saqlab qolish sharti bilan. Loyihani tayyorlash jarayonida qo‘shni binoning poydevorini va uning temir-beton tayanchlarini qoldirishga, shuningdek, asosiy me’moriy elementlarni saqlab qolishga qaror qilindi.
Madaniy meros agentligi vaziyatni kuzatib bormoqda. Barcha qurilish ishlari mutaxassislar nazorati ostida amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, Geologiya muzeyining o‘zi endi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tasarrufida bo‘lib, qayta ochilishga tayyorlanmoqda.