Shavkat Mirziyoyev 2025-yilda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish rejalari to‘g‘risida ma’lumot berdi

O‘zbekiston

Maqsadlar orasida ish o‘rinlarini ko‘paytirish ham bor.

Shavkat Mirziyoyev 2025-yilda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish bo‘yicha maqsad va vazifalarni ma’lum qildi. Davlatimiz rahbari bu haqda tadbirkorlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Davlat rahbari tadbirkorlik sohasida 2025-yilga qadar iqtisodiyotda kichik va o‘rta biznes ulushini 55 foizga oshirib, 70 million dollar qo‘shilgan qiymat yaratish asosiy maqsad va vazifalar sifatida ko‘rsatib o‘tdi. Vazifalar ro‘yxatiga quyidagilar ham kiritilgan:

  • yangi bozorlarga chiqishda tashish, sertifikatlash va standartlar masalalarida ko‘maklashish, kichik biznes eksportini o‘tgan yilgi 9 mlrd dollardan 12 mlrd dollargacha oshirish;

  • ichimlik suvi ta’minoti, oqova suv, yo‘l xo‘jaligi, qurilish, kommunal xo‘jaligi, yetkazib berish, utilizatsiya qilish, migratsiya, madaniyat va ijtimoiy xizmatlar sohalarida kichik biznes ulushini 2-3 barobarga oshirish;

  • 1,5 mln ta doimiy ish o‘rinlarini yaratish va sohada band bo‘lgan aholi ulushini 75 foizga yetkazish;

  • ishlovchilar soni 100 kishidan ortiq bo‘lgan korxonalar sonini 4 mingtaga yetkazish;

  • kichik biznes uchun 100 ta yangi brend mahsulotlarini bozorga olib chiqish;

  • kichik biznes ishtirokidagi 200 ta startap loyihani moliyalashtirish.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.