Donald Tramp Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrik maktubi yozdi

Dunyo

Oq uy matbuot xizmati maktub matnini keltirmoqda.

Donald Tramp Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrik maktubini e’lon qildi. Oq uy xat matnini keltiradi.

Oq uy rahbari Navro‘z bahor faslining boshlanishini nishonlovchi quvonchli bayram ekani, o‘tgan yilning ne’matlari haqida o‘ylash va yangicha kayfiyat bilan kelayotgan bahorga tayyorgarlik ko‘rish imkonini beruvchi azaliy an’ana ekanini ta’kidladi.

Ushbu quvonchli bayram munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari nomidan Sizga eng ezgu tilaklarimni izhor etaman. Navro‘z muborak bo‘lsin! — deb yozdi Donald Tramp.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.