O‘zbekistonda Navro‘z bayrami arafasida issiq ob-havo kuzatiladi

O‘zbekiston

Yog‘ingarchilik kutilmaydi, tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor.

Foto: Sputnik

20-mart kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tog‘larda 20-25 mart kunlari tog‘larda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi. Prognozni O‘zgidromet taqdim etdi.

Harorat kechasi 9-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kunduzi 22-30 daraja issiqda saqlanib turadi.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 25-27 daraja issiq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.