Sinoptiklar ob-havo oʻzgarishi haqida shoshilinch xabar tarqatdi

O‘zbekiston

Mamlakatda jala, sovuq va kuchli shamol kutilmoqda.

23-25-mart kunlari Oʻzbekistonda ob-havo keskin yomonlashadi. Oʻzgidromet bu haqda shoshilinch xabar berdi.

Sinoptiklarning maʼlumotiga koʻra, 23-25-mart kunlari nam va nisbatan salqin havo oqimi kirib keladi. Shu kunlari yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻlib, chaqmoq chaqqan holda kuzatilishi mumkin.

Togʻli hududlarda yomgʻir yogʻib, qorga aylanishi ehtimoli bor. 23-24-mart kunlari ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha, baʼzi hududlarda esa 20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo harorati asta-sekin pasayib, 12-17 daraja iliqlikka tushadi,

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.