Toshkentda Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan oziq-ovqat yarmarkalari bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston

100 dan ortiq mahsulot arzonlashtirilgan narxlarda sotiladi.

Toshkentda Navro‘z bayrami munosabati bilan oziq-ovqat bozorlarida chegirmali bayram yarmarkalari ochiladi. Poytaxt hokimligi tomonidan yarmarkalar manzillari taqdim etildi.

Hokimliklar tashabbusi bilan 100 turdan ortiq sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini hamyonbop narxlarda sotish yo‘lga qo‘yildi. Aholini yarmarkalarga tashrif buyurish va quyidagi bozorlarda yangi, sifatli mahsulotlarni raqobatbardosh narxlarda xarid qilish taklif etildi:

  • Bektemir tumani – “Qo‘yliq dehqon bozori” AJ;

  • Mirobod tumani – “Mirobod dehqon bozori” AJ;

  • Mirzo Ulug‘bek tumani – “Navro‘z dehqon bozori” AJ;

  • Sergeli tumani – “Sergeli dehqon bozori” AJ;

  • Olmazor tumani - “Qora Qamish dehqon bozori” AJ;

  • Uchtepa tumani – “Farhod dehqon bozori” AJ;

  • Shayxontoxur tumani – “Eski Juva dehqon bozori” AJ;

  • Yashnobod tumani – “Aviasozlar dehqon bozori” AJ;

  • Yunusobod tumani – “Yunusobod dehqon bozori” AJ va “Oloy dehqon bozori” AJ;

  • Yakkasaroy tumani – “Askiya dehqon bozori” AJ;

  • Chilonzor tumani - “Chilonzor dehqon bozori” AJ.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.