Navroʻz bayramida Oʻzbekistonda shamolli va issiq ob-havo kutilmoqda

O‘zbekiston

Baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor.

21-mart kuni Oʻzbekistonda havo oz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, Navoiy viloyatining ayrim hududlarida kuchsiz yomgʻir yogʻib, shamol kuchayadi. Togʻlarda 20-24-mart kunlari qor koʻchkisi xavfi eʼlon qilingan. Mazkur maʼlumotlar Oʻzgidromet tomonidan taqdim etildi.

Sinoptiklar maʼlumotiga koʻra, kechasi havo harorati 9-15 daraja, kunduzi 15-30 daraja issiq boʻlishi kutilmoqda.

Toshkentda yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda esayotgan shamol 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi havo harorati 12-14 daraja, kunduzi 27-29 daraja issiq boʻladi.

Togʻli hududlarda yogʻingarchilik kutilmayapti. Qor koʻchkisi xavfi mavjud. Sharqdan esayotgan 7-12 m/s tezlikdagi shamol ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi havo harorati 2-7 daraja, kunduzi 12-17 daraja issiq boʻladi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.