22-mart kuni Oʻzbekistonda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Togʻlarda 20-24-mart kunlari qor koʻchkisi xavfi eʼlon qilingan. Mazkur maʼlumotlar Oʻzgidromet tomonidan taqdim etildi.
Harorat kechasi +5...+17 daraja, kunduzi +12...+30 daraja atrofida boʻladi.
Toshkentda yogʻingarchilik boʻlmaydi. Kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 25-27 daraja issiq boʻladi.
Togʻli hududlarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Qor koʻchkisi xavfi mavjud. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.