“Navoiyuran” Qozogʻistonning “TOO Logistic Centre” kompaniyasi bilan tabiiy uranni Rossiya orqali Fransiyaga tashish boʻyicha shartnoma tuzdi. Bu haqda OʻzRTXB maʼlumotlarida keltirilgan.
Kompaniya Sankt-Peterburg portidan Fransiya janubidagi Malvezigacha 500 ta konteyner tashiydi. Yukning umumiy hajmi 6 ming tonnagacha. Shartnoma summasi - 9 mln yevro.
Tashishlar 2026-yilning birinchi choragi oxirigacha amalga oshiriladi. Har bir tashish Sankt-Peterburg portida joʻnatilgan paytdan boshlab 15 kundan oshmasligi kerak.
Talablar orasida MAGATE tomonidan qabul qilingan Radioaktiv materiallarni xavfsiz tashish qoidalariga muvofiq yukni belgilangan manzilga butun va saqlangan holda yetkazib berish ham bor.