Oʻzbekistonda 25-mart kuni Yer soati kuniga bagʻishlangan maxsus aksiya boʻlib oʻtadi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aksiya doirasida barcha davlat tashkilotlarida elektr energiyasi bir soatga oʻchiriladi. Aksiyadan koʻzlangan maqsad — tabiiy resurslarni asrab-avaylash, sayyoramizga ehtiyotkorona munosabat va gʻamxoʻrlik koʻrsatishdir. Vazirlik vatandoshlarni aksiyaga qoʻshilishga va elektrni 60 daqiqaga oʻchirishga chaqirdi.
“Bu oddiy qadam ekologiya masalalariga eʼtiborni jalb qilishga yordam beradi va boshqalarni sayyoramiz haqida qaygʻurishga ilhomlantiradi”, — deyiladi xabarda.