Saudiya Arabistonida qonunchilikka rioya qilmagani uchun ushlab turilgan 19 nafar oʻzbekistonlik ortga qaytarildi

Dunyo

Oʻzbekiston elchixonasining Saudiya Arabistoni vakolatli organlari bilan olib borgan muzokaralari natijasida 12-14-mart kunlari bu shaxslar vataniga qaytarildi.

“Dunyo” xabar berishicha, Saudiya Arabistonidan ushlab turilgan 19 nafar fuqaro Oʻzbekistonga qaytarildi.

Oʻzbekiston elchixonasining Saudiya Arabistoni vakolatli organlari bilan olib borgan muzokaralari natijasida 12-14-mart kunlari bu shaxslar vataniga qaytarildi. Ularni ushlab turishning asosiy sababi mahalliy qonunchilik va xulq-atvor qoidalariga rioya qilmaganliklarida boʻlgan.

Ushlab turilgan oʻzbekistonliklar Saudiya Arabistoniga turistik vizalar bilan kirgan, biroq zarur ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishmasdan ishga joylashish maqsadida mamlakatda qolishgan.

Ushlab turilganlar orasida 20 yoshga toʻlmaganlar ham bor. Ularning baʼzilari qarindoshlarini ogohlantirishmasdan sayohatga chiqqan, bu esa oilalarni tashvishga solib, faol qidiruvlarga sabab boʻlgan.

Xorijga sayohat qilishni rejalashtirayotgan fuqarolarga tashrif buyuradigan mamlakat qonunchiligini oldindan oʻrganish, mahalliy urf-odatlar va qoidalarga hurmat koʻrsatish, shuningdek, qonuniy boʻlish va ishga joylashish uchun barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirish tavsiya etildi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.