Toshkentda issiqlik tarmoqlarini tekshirish boshlandi: baʼzi aholi issiq suvsiz qoladi

O‘zbekiston

Sinovlar ertalabdan kechgacha davom etadi.

Toshkent shahrida issiqlik tarmoqlarini sinovdan oʻtkazish boshlanadi. Veolia Enegry kompaniyasi issiq suv oʻchishi haqida ogohlantirdi.

24-mart kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha Toshkentning Shayxontohur, Olmazor, Chilonzor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida issiqlik tarmoqlari sinovdan oʻtkaziladi. Bu vaqtda quyidagi manzillarda issiq suv taʼminoti oʻchiriladi:

Shayxontohur tumani:
  • Navoiy, Beruniy, Islom Karimov, Samarqand Darvoza, Abay, Abdulla Qodiriy, Chorsu, Gulobod shohkoʻchalari va koʻchalari;

  • Chorsu, Qoratosh maydonlari va massivlari;

  • mavzelar va dahalar: M-10, 11, 13, 14.

Olmazor tumani:
  • Olmazor, Kichik halqa yoʻli, Mannon Uygʻur, Qoraqamish, Huvaydo shohkoʻchalari va koʻchalari;

  • Olmazor massivi;

  • Qoraqamish 2/1, 2/2, M-26, 27, 28-dahalari va mavzelari.

Chilonzor tumani:
  • Bunyodkor, Paxtakor, Furqat, Beshyogʻoch, Talabalar, Nurafshon, Ziyo, Shifonur shohkoʻchalari va koʻchalari;

  • massiv: Beshyogʻoch;

  • kvartallar va mavzelar: B-1, B-2, B-3.

Yunusobod tumani:
  • Ahmad Donish, Shahriston, Yangi Yunusobod, Yunusota, Jumamasjid koʻchalari;

  • 2-19-mavzelar va dahalar: Yangishahar, Dehqonobod, Sohibkor, Uch Qahramon, Moyqoʻrgʻon, Quloqtepa.

Sinov paytida quvurlarga qisqa muddatli yuklama tushishi mumkin, bu esa issiq suvning yoʻllarga va piyodalar yoʻlaklariga chiqishiga olib kelishi mumkin. Haydovchi va piyodalardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrish va yuzaga kelgan nosozliklar haqida (78) 129-01-85 telefon raqami orqali xabar berish soʻraldi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.