25-mart kuni Oʻzbekistonda havo sovib, baʼzi joylarda yogʻingarchilik boʻladi. Prognozni Oʻzgidromet taqdim etdi.
Harorat kechasi 5-15 daraja iliq atrofida boʻladi, kunduzi 8-15 daraja iliq atrofida saqlanib turadi.
Toshkentda yomgʻir. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 12-14 daraja iliq boʻladi.
Togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.