Prezident “Muborak Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. 2025-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 30-martga toʻgʻri keladi.
Mutasaddi idora va tashkilotlarga Ramazon hayitini xalqimizning milliy anʼana va urf-odatlariga uygʻun tarzda oʻtkazish choralarini koʻrish topshirildi.
Ramazon hayitining birinchi kuni dam olish kuni yakshanba kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan dam olish kuni 31-mart — dushanba kuniga koʻchiriladi.