26-mart kuni Oʻzbekistonda havo sovib, baʼzi joylarda yogʻingarchilik boʻladi. Prognozni Oʻzgidromet taqdim etdi.
Harorat kechasi 0-8 daraja iliq atrofida, kunduzi 8-13 daraja iliq atrofida saqlanib turadi.
Toshkentda kechasi va kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Harorat kechasi 4-6° iliq, kunduzi 10-12° iliq boʻladi.
Togʻli hududlarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanishi) boʻladi, tuman tushishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.