Toshkentda bolani kaltaklab, pul oʻgʻirlagan enaga qamaldi

O‘zbekiston

Ayolning qilmishlarini aniqlash uchun ota-onasi yashirin kamera oʻrnatgan.

Toshkentda ish beruvchisini kaltaklab, pul oʻgʻirlagan enaga 5 yilga qamaldi. Oliy sud voqea tafsilotlarini maʼlum qildi.

Holat shaharning Uchtepa tumanida yuz bergan. Bolaning ota-onasi uydan pul yoʻqola boshlaganini, farzandida esa jarohatlar paydo boʻlayotganini payqagan. Ular uylariga kuzatuv kamerasi oʻrnatishdi. Kamera yozuvlari enaga bolani urgani va pul oʻgʻirlagani haqidagi taxminlarni tasdiqladi.

Ayol Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (juda koʻp miqdorda oʻgʻrilik) va 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (voyaga yetmagan shaxsni qiynash) bilan aybdor deb topilgan. U umumiy tartibli koloniyada 5 yilu bir oyga ozodlikdan mahrum etildi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.