Oʻzbekistonda 2025-yil aprel oyida issiq ob-havo va yogʻingarchilik boʻladi. Oʻzgidromet ob-havo maʼlumotini taqdim etdi.
Oy quruq ob-havo bilan boshlanadi, birinchi besh kunlikda harorat 22-25 daraja issiqdan 27-30 daraja issiqqacha, shimolda, janubda va choʻl hududlarda 33 daraja issiqqacha koʻtariladi.
Shundan soʻng havo harorati 22-27 daraja iliqni tashkil etadi. 7-aprelda mamlakat shimolida, 8-10-aprelda markaziy va sharqiy hududlarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Oyning ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarida harorat kechalari 8-13 daraja iliqdan 2-7 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 25-30 daraja iliqdan 10-15 daraja iliqqacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.