Toshkentda maktab futbol maydonlarini tanish-bilishlari orqali 8,5 ming dollarga ijaraga berishni vaʼda qilgan bogʻcha mudirasi qoʻlga olindi. DXX voqea tafsilotlarini maʼlum qildi.
Ayol pul olayotganda jinoyat ustida qoʻlga olindi. U yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Shayxontohur tumanidagi 4 ta umumtaʼlim maktabining futbol maydonlarini ijaraga berishni vaʼda qilgan.
Har bir maydon uchun u 2 ming dollar va oʻz xizmatlari uchun yana 500 dollar talab qildi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (“Ancha miqdorda firibgarlik”) va 211-moddasi (“Pora berish”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov olib borilmoqda, unga 5 yilgacha qamoq jazosi tahdid solmoqda.