27-mart kuni poytaxtning Shayxontohur tumani Iftixor koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uyda yongʻin sodir boʻldi.
Koʻrsatilgan manzilga yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 12:10 da yetib borgan. Yongʻin soat 12:29 da qurshab olingan va 12:31 da toʻliq bartaraf etilgan.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.