28-martda Oʻzbekiston boʻyicha havo oʻzgarib turadi, Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Qolgan hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat 10-15 daraja iliq boʻladi.
29-31-mart kunlari Oʻzbekiston boʻyicha iliq va quruq ob-havo kuzatiladi. Faqat 29-mart kuni ayrim togʻli hududlarda yomgʻir va qor yogʻadi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30-31-martda shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq atrofida, kunduzi 19-22° iliqgacha, shimolda, janubda va choʻl hududlarda 23-26° iliqgacha boʻladi.
28-mart kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
29-31-mart kunlari havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi 5-8 daraja iliq, kunduzi 20-22 daraja issiq boʻladi.