Oʻzbekistonda Ramazon hayiti namozi oʻqiladigan vaqtlar aytildi

O‘zbekiston

Jadval Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan taqdim etilgan.

30-mart kuni Oʻzbekistondagi barcha masjidlarda hayit namozi oʻqiladi. Toshkentda hayit namozi vaqti 06:30 ga toʻgʻri keladi. Jadval Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan taqdim etilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, qolgan hududlarda namoz quyidagi vaqtlarda oʻqiladi:

  • Andijon viloyati - 06:20;

  • Buxoro viloyati - 06:50;

  • Jizzax viloyati - 06:40;

  • Navoiy viloyati - 06:50;

  • Namangan viloyati - 06:20;

  • Samarqand viloyati - 06:40;

  • Sirdaryo viloyati - 06:40;

  • Surxondaryo viloyati - 06:45;

  • Toshkent viloyati - 06:30;

  • Fargʻona viloyati - 06:20;

  • Xorazm viloyati - 07:05;

  • Qashqadaryo viloyati - 06:45;

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi - 07:15

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.