Prezident elektr va gaz tariflarini oshirishni kechiktirish boʻyicha topshiriq berdi

O‘zbekiston

Qaror aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan ishonchli taʼminlash, aholi va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida qabul qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasiga elektr energiyasi va gaz uchun yangi tariflarning kuchga kirish muddatini kechiktirish boʻyicha topshiriq berdi.

Qaror aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan ishonchli taʼminlash, aholi va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan.

Yangi tariflar avval rejalashtirilganidek 1-apreldan emas, balki 1-maydan kuchga kiradi. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi qaroriga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.