Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga tashrif buyuradi

O‘zbekiston

Prezident Qosim-Joʻmart Toʻqayevning taklifiga binoan norasmiy tashrif bilan keladi.

Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayevning taklifiga binoan 29-mart kuni oliy darajadagi norasmiy uchrashuv oʻtkazish uchun amaliy tashrif bilan Olmaota shahrida boʻladi.

Ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida Oʻzbekiston-Qozogʻiston yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini izchil mustahkamlash masalalari hamda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar koʻrib chiqiladi.

Savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish hamda faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish eʼtibor markazida boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning aprel oyi boshida Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilarining shunday ikki tomonlama uchrashuvi Xiva shahrida boʻlib oʻtgan edi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.