Namangan viloyatida gugurt chaqqan bola vafot etdi

O‘zbekiston

Bola doʻstlari bilan uyning yertoʻlasidagi oʻtin va shox-shabbalarga oʻt qoʻydi.

23-mart kuni Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida gugurt oʻynab yurgan 4 yoshli bola vafot etdi. Bu haqda “Millar” dasturi xabar bermoqda.

2017 va 2021-yilda tugʻilgan bolalar yertoʻlada oʻynab, u yerdagi oʻtin va shox-shabbalarni yoqib yuborgan. Natijada yongʻin kelib chiqqan. Ikki bolani qutqarishga muvaffaq boʻlindi - ularni derazadan olib chiqishdi, bir bola halok boʻldi.

Tibbiy xulosaga koʻra, tirik qolgan bolalarning yuzi, boʻyni, qoʻl va oyoqlari kuygan. Halok boʻlgan bolaning tanasi yuzasi 100 foiz kuygan. Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy va yongʻin-texnik ekspertizalari tayinlangan. Tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.