Xosep Gvardiola Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ga juda katta yordam berganini taʼkidladi

O‘zbekiston

Ingliz klubi bosh murabbiyi 21 yoshli futbolchini “oʻziga xos, tezkor va ehtiros bilan toʻla” deb taʼrifladi.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoada oʻzbekistonlik markaziy himoyachi Abduqodir Husanov oʻzini qanday namoyon etayotganidan juda mamnun ekanliklarini aytdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.

Uning shuncha koʻp oʻyin oʻtkazishini kutmagandik, ammo butun mavsum davomida himoyachi pozitsiyasida yuzaga kelgan vaziyat uni koʻp oʻyin oʻynashga majbur qildi. Husanovda oʻziga xos fazilatlar bor, bu aniq, — dedi ispaniyalik mutaxassis.

Gvardiola 21 yoshli futbolchini “alohida, tezkor va ehtiros bilan toʻla” ekanligini taʼkidladi.

Baʼzan men uning yuziga qarab, shuningdek, tana tiliga eʼtibor berib, unda faqat ehtiros borligini koʻraman. Bu uning koʻplab harakatlarida sezilib turadi. Biz qisqa vaqt ichida undan hayratga tushdik, chunki tayyorgarlik va boshqa koʻp narsalar yoʻq edi. U bizga juda katta yordam berdi! — deb qoʻshimcha qildi u.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.