Texnik tartibga solish agentligi Xitoyning Leapmotor brendi ostidagi avtomobillarni sertifikatlashni toʻxtatdi.
Qaror Leapmotor C16 modelida aniqlangan elektromagnit xavfsizlik buzilishlari tufayli qabul qilindi. Ushbu modelni tekshirish davomida “EURO PROF TEST” kompaniyasi ekspertlari Texnik reglamentning 44-bandiga (BMTning 10-qoidasi) va “Keng polosali elektromagnit xalaqitlar”ga jiddiy nomuvofiqlikni aniqladilar.
Bu elektronika uchun xavf tugʻdiradi, avtomobil tizimlari va ulangan qurilmalarning ishlamay qolishi, hatto butunlay ishdan chiqishi mumkin. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida Leapmotor rusumli M1 toifadagi avtotransport vositalarini sertifikatlashtirish uchun arizalarni qabul qilish ishlab chiqaruvchi tomonidan aniqlangan qoidabuzarliklar bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilsin. Bu nafaqat nosozliklarga olib kelishi, balki haydovchi xavfsizligiga ham tahdid solishi mumkin, — deyiladi regulyator xulosasida.