Oʻzbekistonning tashqi qarzi 64 mlrd dollardan oshdi

PRO Pul

Bu koʻrsatkich YIMning 55,7 foiziga yetdi.

Oʻzbekistonda tashqi qarzning umumiy hajmi 64,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Koʻrsatkich allaqachon YAIMning 55,7 foiziga yetgan. Bu haqda Markaziy bank maʼlumotida keltirilgan.

Regulyatorning 2024-yil yakuni boʻyicha toʻlov balansi, xalqaro investitsiya pozitsiyasi va tashqi qarz toʻgʻrisidagi hujjatlariga koʻra, Oʻzbekistonning tashqi qarzi taxminan 33,9 milliard dollarni, korporativ (xususiy) qarzi esa 30,2 milliard dollarni tashkil etgan.

Davlat tashqi qarzining qoldigʻi hisoblangan, ammo toʻlanmagan foizlarni ham oʻz ichiga oladi. Maʼlum qilinishicha, 2025-yil boshidan buyon tashqi qarz hajmi rekord darajadagi 10,8 mlrd dollarga oshgan.

Yil davomida davlat qarzi 4,2 milliard dollarga, xususiy qarz esa 6,6 milliard dollarga oshdi. Besh yil ichida davlat tashqi qarzi 2,5 barobardan koʻproq — 24,6 mlrd dollardan 64,1 mlrd dollargacha oʻsdi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.