2-apreldan sentyabrgacha Toshkentning Olmazor tumanidagi Qorasaroy koʻchasidagi yoʻllardan biri yopiladi. Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xaritani taqdim etdi.
Joylarda yoʻllarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi. Abdulla Qodiriy koʻchasi bilan kesishgan chorrahadan Nurafshon koʻchasigacha boʻlgan yoʻl yopiladi.
Toshkent shahar hokimligi vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻrab, haydovchilarga muqobil aylanma yoʻllardan foydalangan holda yoʻnalishlarni oldindan rejalashtirishni tavsiya qildi.
