Sinoptiklar togʻlarda qor koʻchkisi ehtimolidan ogohlantirdi

O‘zbekiston

Xavf 5-apreldan 8-aprelgacha saqlanib qoladi.

5-8-aprel kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchkisi xavfi eʼlon qilindi. Oʻzgidromet bu haqda ogohlantirish berdi.

Mazkur kunlarda togʻlarda yogʻingarchilik va havo haroratining oʻzgarishi kutilmoqda. Shu sababli qor koʻchkisi xavfi eʼlon qilinmoqda:

  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq va Parkent tumanlarida (Chotqol togʻ tizmasi);

  • Namangan viloyati: Pop tumanida.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.