Oʻzbekistonda quruq va juda iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati kunduz kunlari 23-28 daraja atrofida, baʼzi joylarda 30 darajagacha boʻladi.
9-aprelda respublika janubida, markaziy viloyatlarda va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Harorat 3-6 darajaga pasayadi.
Haftaning ikkinchi yarmida respublika boʻyicha asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati yana koʻtariladi va ish haftasining oxiriga kelib 28-31 daraja atrofida boʻladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
7-aprel kuni respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 7-8-aprelda Toshkent, Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.
Toshkentda 7-11-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan kuchsizdan oʻrtachagacha esadi. Harorat 7-8-aprelda 26-28 daraja, 9-aprelda 22-24 daraja, 10-aprelda 25-27 daraja, 11-aprelda 28-30 daraja boʻladi. Kechasi 10-15 daraja iliq boʻladi.