Oʻzbekistonda kam taʼminlangan oilalarga elektr energiyasi va gaz uchun kompensatsiya toʻlanadi

O‘zbekiston

Tegishli qaror prezident tomonidan imzolandi.

Oʻzbekistonda kam taʼminlangan oilalarga elektr energiyasi va gaz uchun kompensatsiya toʻlanadi. Qaror prezident tomonidan imzolandi, yangi chora 2025-yil may oyidan kuchga kiradi.

2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelga qadar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlanganlar reyestriga kiritilgan bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar, shuningdek, reyestrlarga kiritilmagan, biroq kam taʼminlanganlik mezonlariga mos keladigan, aholi jon boshiga daromadi 1,5 baravardan (1 003 500 soʻm) oshmaydigan oilalar:

  • elektr energiyasi isteʼmoli uchun: bazaviy meʼyordan oyiga 150 kVt/soatgacha oshganda narxdagi farq uchun;

  • tabiiy gaz isteʼmoli uchun: isitish mavsumida oyiga 250 kub metrgacha, qolgan vaqtda — 150 kub metrgacha.

Haqiqatda isteʼmol qilingan hajm uchun bazaviy norma doirasidagi qiymat bilan normativdan ortiqcha narx oʻrtasidagi farq kompensatsiya qilinishi lozim.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.