Oʻzbekistonda yomgʻirli va shamolli ob-havo boʻladi

O‘zbekiston

Togʻlarda koʻchki xavfi bor.

7-aprel kuni Oʻzbekistonda biroz yomgʻir yogʻishi, shamol kuchayishi, momaqaldiroq boʻlishi kutilmoqda. Prognozni Oʻzgidromet taqdim etdi.

Harorat kechasi +10...+20 daraja, kunduzi +20...+30 daraja atrofida boʻladi.

Toshkentda kechasi yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik boʻlmaydi. Harorat kechasi +15...+17 daraja, kunduzi +26...+28 daraja boʻladi.

Togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.