Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80 yilligiga bagʻishlangan yubiley tadbirlarida ishtirok etadi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, bu masala Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashuvida koʻrib chiqilgan.
Bayramda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari: Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev, Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, tadbirga Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va mamlakat milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov taklif etilgan.