8-aprel kuni Andijon viloyatida “ZIL” yuk mashinasi turar joy binosini bosib ketdi. YHXBB hodisa yuzasidan izoh berdi.

Hodisa soat 13:10 da Andijonning Asaka tumani “Yangisor” mahallasida sodir boʻlgan. Harakat vaqtida “ZIL” yuk mashinasining tormozi ishdan chiqqan va haydovchi turar joy binosiga borib urilgan. YTH oqibatida haydovchi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Fuqarolardan haydovchidan tashqari hech kim jabrlanmagan. IIB xodimlari tergovni boshladilar. Fuqarolardan avtomobillarning texnik holatini oʻz vaqtida tekshirish soʻraldi.