Bolalar savdosi uchun sudlangan Oʻzbekiston fuqarosi AQSHdan deportatsiya qilindi

Dunyo

U bolalar jinsiy savdosi boʻyicha uchta modda boʻyicha aybdor deb topildi.

AQSHda bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilish maqsadida sotganlikda ayblanib, sudlangan Abduraim Mamasharipov Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda AQSH Immigratsiya politsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Erkak bolalar jinsiy savdosi boʻyicha uchta modda boʻyicha aybdor deb topildi. U jazo muddatini oʻtagandan soʻng ICE xodimlari hamrohligida Finiksdan deportatsiya qilindi.

AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi Know2Protect milliy axborot kampaniyasini amalga oshirishni davom ettirmoqda. Uning maqsadi bolalar, oʻsmirlar, ota-onalarni Internetdagi jinsiy zoʻravonlik va ekspluatatsiyadan xabardor qilish va himoya qilishdir.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.