Oʻzbekiston Milliy xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Abdulaziz Komilov va AQSH Davlat kotibi oʻrinbosari Kristofer Landau strategik sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Oq uy uchrashuv tafsilotlarini eʼlon qildi.
Tomonlar Vashingtonda uchrashib, ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklikni ilgari surish masalalarini muhokama qildilar. AQSH Oʻzbekistonning suvereniteti va hududiy yaxlitligini, shuningdek, ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish imkoniyatini qoʻllab-quvvatlashini yana bir bor taʼkidladi.
Kristofer Landau mamlakatning fuqarolik yadro energetikasi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, muhim xomashyo va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga sarmoya kiritish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi. Shuningdek, AQSH vakili Oʻzbekistonga noqonuniy immigratsiya va terrorizmga qarshi kurashda doimiy hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi.