Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Zamin Great City qurilish kompaniyasiga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatdi.
Murojaatchi Toshkent shahrining Bektemir tumanida 39,47 kvadrat metr maydonga ega ikki xonali kvartira uchun 252,6 million soʻmdan ortiq mablagʻ toʻlagan. Shartnomaga koʻra, obyekt 2024-yilning toʻrtinchi choragida topshirilishi kerak edi, biroq qurilish toʻxtatildi, kvartira esa xaridorga topshirilmadi.
Qoʻmita eslatishicha, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunning 19-moddasiga muvofiq, majburiyatlarni bajarish muddatlari buzilgan taqdirda isteʼmolchi shartnomadan voz kechishga, toʻlangan mablagʻlarni qaytarishni va zararlarni qoplashni talab qilishga, ijrochi esa neustoyka toʻlashga haqli. Shikoyat asosida qoʻmitaning maxsus komissiyasi qurilish kompaniyasiga qarshi ish qoʻzgʻatdi.
“Zamin Great City” kompaniyasiga nisbatan qurilish muddatlariga rioya etilishini taʼminlash, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va ularning mulkiy manfaatlarini tiklash choralari belgilandi. Biz isteʼmolchilarni qurilish shartnomalarini imzolashda ehtiyotkor boʻlishga, qurilish kompaniyalarini esa shartnoma majburiyatlariga qatʼiy rioya qilishga chaqiramiz.