FVV Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berishicha, Oʻzbekiston hududida zilzila sodir boʻlgan.
Zilzila 14-aprel kuni soat 22:11 da qayd etildi. Zilzila markazi Oʻsh shahrida (Qirgʻiziston) joylashgan. Magnituda M=3,8. Chuqurligi 10 km. Markazdagi silkinish kuchi 4 ballni tashkil etdi.
Zilzila markazi Toshkentdan janubi-sharq tomonda 312 km masofada joylashgan. Oʻzbekiston hududida sezilgan silkinish kuchi:
Xoʻjaobod tumani: 3 ball, 16 km;
Qoʻrgʻontepa tumani: 3 ball, 22 km;
Jalaquduq tumani: 3 ball, 23 km;
Buloqboshi tumani: 2-3 ball, 28 km;
Xonobod tumani: 2-3 ball, 30 km;
Marhamat tumani: 2 ball, 43 km;
Andijon tumani: 2 ball, 46 km;
Andijon shahri: 2 ball, 52 km;
Asaka tumani: 2 ball, 52 km;
Paxtaobod tumani: 2 ball, 53 km.