Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga boradi

O‘zbekiston

Prezident matbuot xizmati davlat rahbarining tashrif rejasi haqida maʼlumot berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 15-aprel kuni Andijon viloyatiga tashrif buyuradi. Prezident matbuot xizmati davlat rahbarining rejalari haqida maʼlumot berdi.

Tashrif davomida yangi korxonalar faoliyati, sanoat, energetika, shaharsozlik va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, joylardagi qurilish va bunyodkorlikni koʻzdan kechirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, davlat rahbari hududni kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazadi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.