O‘zbekistonda xorijiy valyutalar narxi yana oshadi

Yangiyo‘l tumanida Spark haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan 21 yoshli yigitni urib yubordi. Jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
YTH ishtirokchilari va yo‘lovchilarning ahvoli haqida hozircha ma’lumot yo‘q, mas’ul idoralar rasmiy izoh bermadi.
Toshkentning Bobur ko‘chasida to‘rtta avtomobil to‘qnashdi. Bir kishiga shu yerning o‘zida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari surishtiruv ishlari bilan shug‘ullanishmoqda.
Buvayda tumanida 6 yoshli bola “GAZ-3110” haydovchisi tomonidan urib yuborilishi oqibatida vafot etdi. Mazkur holat yuzasidan IIB xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hirotda avtobus yuk mashinasi va mototsikl bilan to‘qnashib ketdi, oqibatda 70 dan ortiq bola, jumladan 17 bola halok bo‘ldi.
Farg‘onada bolani bosib ketgan ayol ikki yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi, ikki yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilindi va yetkazilgan moddiy zararni to‘lash majburiyati yuklandi.
2-avgust kuni poytaxtning Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan YTHda skuter haydovchisi halok bo‘ldi. Skuter, yengil avtomobil va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi.
1-avgust kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida yuk mashinasi elektr uzatish tarmog‘i ustuniga urilishi oqibatida aholi va iste’molchilarning bir qismi elektr ta’minotisiz qoldi.
Uzun tumanida yo‘l-transport hodisasi oqibatida 8 yoshli qizcha halok bo‘ldi. Haydovchi maktab yaqinligi haqidagi ishorani e’tiborsiz qoldirdi, natijada odam bolani urib yubordi. Unga 5 yil qamoq jazosi berildi.
23-iyul kuni Farg‘onada Nexia daraxtga borib urildi, bir kishi halok bo‘ldi. Haydovchi quvib o‘tish qoidalarini buzdi. Yana bir kishi kasalxonada.
HOWO yuk mashinasi Toshkent viloyatida Gentra va Cobalt o‘rtasida sodir bo‘lgan YTH joyida ish olib borayotgan YPX inspektorlari mashinasini urib yuborgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar qutulib qoldi. Ikkita avariya bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
20-iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida ikki avtomobil va bir piyoda ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Tracker haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan piyodani urib yuborgan, u voqea joyida halok bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Lacetti haydovchisi janjaldan so‘ng erkakni urib yuborgan, jabrlanuvchi shifokorlar yordamiga qaramay shifoxonada vafot etgan. Qasddan odam o‘ldirgani uchun hibsga olingan shaxsga 15 yilgacha qamoq jazosi tahdid solmoqda.
Marg‘ilonda avtomobil haydovchisi bolani urib yuborgan, jabrlanuvchi turli og‘ir jarohatlar olgan, shifokorlar bolaning to‘liq tuzalib ketishiga aniq kafolat bermayapti, gumonlanuvchi uch yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Prezident har 100 ming aholiga to‘g‘ri keladigan yo‘l-transport hodisalarida o‘lim ko‘rsatkichi MDH davlatlari orasida eng past bo‘lsa-da, xotirjamlikka o‘rin yo‘qligini soha mutasaddilariga ko‘rsatib o‘tdi.
Haydovchi tan jarohati olgan, unga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Kamoliddin Murodov mast holda rulga o‘tirib, yo‘l-transport hodisasiga uchragan, oqibatda u bilan avtomobilda bo‘lgan advokat vafot etgan.
YTH oqibatida Lacetti yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan.
Baxtsiz hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi. Avtobus va bir nechta avtomobillarga texnik shikast yetgan. Ish bo‘yicha tergov boshlandi.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Aybdorga yetti yilgacha qamoq jazosi tahdid solmoqda.
Jabrlanuvchi turli darajadagi tan jarohatlari olgan, u shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jabrlanuvchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent filialiga yotqizilgan.
Baxtsiz hodisa aybdorini o‘n yilgacha qamoq jazosi kutmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shifokorlar unda ko‘plab shilinishlar, o‘mrov suyagining sinishi, shuningdek, yumshoq to‘qimalarning lat yeyishi tashxisini qo‘yishdi.
To‘qnashuvdan so‘ng Lada Largus yonib ketdi.