O‘zbekistonni kuchli magnit bo‘roni qamrab oldi
Energetika vazirligi ommaviy elektr uzilishlari haqidagi xabarlarni rad etib, ularni ishonchsiz va e’tiborni jalb qilish uchun yaratilgan deb atadi va ayrim hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qisqa muddatli uzilishlar haqida rasman va oldindan xabar berilishini eslatdi.
22-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda quyosh va shamol stansiyalari tomonidan elektr energiyasi ishlab chiqarish 9 mlrd kVt/soatga yetdi, bu esa 2,73 mlrd kub metr gazni tejash va 4 mln tonna ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining oldini olish imkonini berdi.
Energetika tizimi kuz-qish ish rejimiga o‘tkazildi, butun mamlakat bo‘ylab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hodisalarga tezkor javob berish uchun avariya brigadalari tashkil etildi.
Qozog‘iston 2026-yil martdan dekabrgacha O‘zbekistondan 900 mln kVt/soat elektr energiyasi oladi. Energiya resurslari Qozog‘istonning janubiy energiya zonasida prognoz qilinayotgan taqchillikni qoplash uchun yo‘naltiriladi.
Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida yuqori bosimli gaz quvuri shikastlanishi oqibatida 10 mingdan ortiq iste’molchi gazsiz qoldi. Ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.