O‘zbekistonda kuniga faqat bitta bankdan kredit olishga ruxsat beriladi
2026-yildan boshlab O‘zbekistonda zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarni himoya qilish va reabilitatsiya qilish uchun professional tutingan oilalar xizmati va “Mehrli uy” tizimi tashkil etiladi, bunda tutingan ota-onalarga to‘lovlar, bepul oilaviy terapiya, huquqiy yordam va zo‘ravonlik faktlarini yashirganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Huquq-tartibot idoralari tomonidan 2025-yil boshidan buyon tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarga 41 051 ta himoya orderi berilgan. Reabilitatsiya va moslashuv markazlariga 512 nafar ayol va ularning 709 nafar farzandi joylashtirildi.
Tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil qilgan shaxslarning tajovuzkor xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturlari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan hokimlik huzurida yangi lavozim — hokim o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i lavozimi joriy etildi. Endi amaldorlar ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga mas’ul bo‘ladi.