O‘zbekistonni kuchli magnit bo‘roni qamrab oldi
25-dekabrdan O‘zbekiston tarixida ilk bor 3D formatdagi to‘liq metrajli animatsion film — “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” namoyishi boshlanadi. Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva multfilm bolalar qalbiga yo‘l topganini aytdi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva The Walt Disney kompaniyasi vitse-prezidenti va “Emmi” mukofoti sovrindori Hayma Vashington bilan uchrashuv o‘tkazib, Toshkentni bolalar uchun kontent ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaviy xabga aylantirish rejalari va kompaniyaning O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi vakolatxonasini ochish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Urgutga tashrif buyurib, u yerda yangi temir yo‘l va O‘zbekiston–Tojikiston chegarasida savdo-logistika va tibbiyot klasterini yaratish loyihalari bilan tanishdi, shuningdek, qishloq poliklinikasida bo‘lganidan so‘ng birlamchi tibbiyot tizimidagi muammolarni ko‘rsatib o‘tdi va mintaqada sog‘liqni saqlash sohasidagi standartlar va yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi.
Saida Mirziyoyeva 15-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi rasmiy emas, balki real kurashish zarurligini ta’kidlab, ta’sirchan javob tizimini yaratish va inson taqdirini statistikadan ustun qo‘yishga chaqirdi.
Saida Mirziyoyeva Rim shahrida Shayx Zoid nomidagi mukofot hakamlar hay’ati ishida ishtirok etdi. Uning yakunlariga ko‘ra, Barbados bosh vaziri Mia Mottli, World Central Kitchen gumanitar tashkiloti hamda yosh ixtirochi Xeman Bekele iqlim adolati, gumanitar yordam va inson qadr-qimmatini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun 2025-yilgi laureatlar deb topildi.
Saida Mirziyoyeva Avazada bo‘lib o‘tgan konferensiyada teng huquqlilikning tarixiy ahamiyatini ta’kidlab, O‘zbekistonda xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida gapirdi. U xotin-qizlar huquqlarini hurmat qilish va birdamlikka chaqirib, ularning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish muhimligini ta’kidladi.
YUNESKO hukumatlararo qo‘mitasining Nyu-Dehlidagi 20-sessiyasida Qoraqalpog‘istondan qo‘biz va o‘tovlar nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga rasman kiritildi. Saida Mirziyoyeva buni tarixiy kun deb atadi va milliy an’analarni asrab-avaylayotgan va targ‘ib qilayotgan barchaga minnatdorchilik bildirdi.
O‘zbekiston va Al-Azhar majmuasi yosh kadrlarni tayyorlashda hamkorlikni kuchaytirish orqali grantlar, ilmiy almashinuv va qo‘shma tadqiqotlarni kengaytirishga kelishib oldi. Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va majmua rahbari Shayx Ahmad Muhammad Tayyib o‘rtasidagi uchrashuvda hamkorlik yangi sur’at kasb etdi.
Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro aloqalar markazi raisi Long Yuysyan bilan barcha sharoitlarda strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, ta’lim, fan, madaniyat va turizm sohalaridagi almashinuvlarni rivojlantirish hamda qo‘shma tashabbuslarni muvofiqlashtirishni muhokama qildi.
Saida Mirziyoyeva ACWA Power kompaniyasi raisi Muhammad Abunayan bilan energetika, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan va istiqbolli loyihalarni, jumladan, rivojlanayotgan Qoraqalpog‘istondagi tashabbuslarni muhokama qildi.