Tramp Mirziyoyevni G‘azo sektori bo‘yicha Tinchlik kengashiga taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharqda tinchlikni mustahkamlash bo‘yicha xalqaro tashabbusga qo‘shilish taklifini qabul qildi va Tinchlik kengashini tuzishni qo‘llab-quvvatladi. O‘zbekiston tashabbusni mintaqaning uzoq muddatli barqarorligi yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholab, yangi tuzilmaga ta’sischi davlat sifatida kirishga tayyorligini bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev kasb bayrami munosabati bilan prokuratura xodimlarini orden va medallar bilan taqdirlab, fuqarolar huquqlarini himoya qilish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi katta yutuqlarni qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Oliy Majlis va xalqqa yo‘llagan murojaatnomasida global inqirozlarga qaramasdan, 2025-yilda iqtisodiyot barqaror o‘sganini ta’kidlab, barchani birlashtiruvchi g‘oya — Vatan manfaati va bunda mahallaning o‘rni muhimligini ta’kidlab, 2026-yilni “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilishni taklif etdi.
Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni MDH davlat rahbarlarining Sankt-Peterburgda o‘tgan norasmiy uchrashuvida ishtirok etib, ish yakunlari, kelgusi yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar, iqtisodiy va madaniy hamkorlik, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi.
Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi strategik sheriklikni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi, iqtisodiy hamkorlik va umumiy qiymati 12 milliard dollardan ortiq yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekistonning global iqtisodiy jarayonlardagi o‘rnini mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev, Sadir Japarov va Emomali Rahmon Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun Lev Tolstoy nomidagi xalqaro tinchlik mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida O‘zbekistonning YOII bilan hamkorligi ustuvor ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, tovar ayirboshlashning o‘sishi, qo‘shma dasturlarda ishtirok etish va savdo to‘siqlarini bosqichma-bosqich bartaraf etish zarurligini qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga tashrifi doirasida Nara shahri meri Gen Nakagava bilan uchrashib, madaniy-gumanitar va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, Samarqand-Nara birodarlik aloqalarini rivojlantirish, 2027-yilda bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmaga tayyorgarlik ko‘rish, Nara shahridagi bog‘ga Samarqand nomini berish masalalarini muhokama qildi.
Shavkat Mirziyoyev 19-dekabr kuni Yaponiyaga rasmiy tashrifini Imperator Naruxito bilan uchrashuvdan boshladi, unda tomonlar strategik sheriklik mustahkamlanib borayotgani, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlik kengayib borayotganini qayd etib, gumanitar almashinuvlarni davom ettirish, jumladan, ko‘rgazmalar va madaniy tadbirlar o‘tkazishga kelishib oldilar.
Shavkat Mirziyoyev 18-dekabr kuni bosh vazir Sanae Takaichining taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga jo‘nab ketdi, u yerda oliy darajadagi uchrashuvlar o‘tkazadi va “Markaziy Osiyo + Yaponiya” birinchi sammitida ishtirok etadi.
Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri U Von Shik boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilib, alohida strategik sheriklikni rivojlantirish, savdo va investitsiyalarni ko‘paytirish, parlamentlararo hamkorlik, qo‘shma tadbirlarga, shu jumladan “Markaziy Osiyo—Koreya Respublikasi” sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildi.
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston doimiy betarafligining 30 yilligi hamda “Xalqaro tinchlik va ishonch yili”ga bag‘ishlangan forumda ishtirok etish uchun 11–12-dekabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev Muhammad bin Sulaym boshchiligidagi FIA rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazib, avtosportni rivojlantirish, mutaxassislar tayyorlash va zamonaviy infratuzilmani yaratish masalalarini muhokama qildi hamda federatsiya prezidentiga hamkorlikka qo‘shgan hissasi uchun “Do‘stlik” ordenini topshirdi.
Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, O‘zbekiston—Qirg‘iziston sherikligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi, tovar ayirboshlash hajmi ortib borayotgani, qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotgani va strategik tashabbuslar, shu jumladan O‘zbekiston—Qirg‘iziston—Xitoy temir yo‘li va Qambarota GES-1 ilgari surilayotganini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev Gulistondagi kafeda gaz portlashidan jabrlanganlar va ularning yaqinlari holidan xabar oldi, uning topshirig‘iga ko‘ra, hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi.
Shavkat Mirziyoyev 2-dekabr kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, bu yerdagi muhim loyihalar bilan tanishadi, xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida nutq so‘zlaydi.
Shavkat Mirziyoyev atrof-muhitni muhofaza qilish siyosatini tubdan o‘zgartirish to‘g‘risida farmon chiqardi, kuch ishlatish vakolatiga ega ekologiya politsiyasi tashkil etiladi.
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovga do‘stlik va strategik sheriklikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasini qayd etib, O‘zbekistonning oliy davlat mukofoti — “Oliy Darajali Do‘stlik” ordenini topshirdi, Berdimuhamedov esa minnatdorlik bildirib, ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga tayyorligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyevga 2026-yilga borib inflyatsiyani 7 foizgacha pasaytirish, biznesni qo‘llab-quvvatlash va makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, iqtisodiyotni kreditlash hajmini 450 trillion so‘mga yetkazish bo‘yicha rejalar taqdim etildi.
Shavkat Mirziyoyev Oq uyda bo‘lib o‘tgan “C5+1” sammitida ishtirok etib, bu formatning ahamiyatini ta’kidladi hamda uning doimiy kotibiyati, Investitsiyalar va savdo bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash hamda “Markaziy Osiyo investitsiyaviy sherikligi” jamg‘armasini tashkil etishni taklif qildi. U, shuningdek, transport, energetika, foydali qazilmalar, agrotexnologiyalar sohalarida qo‘shma loyihalarni rivojlantirish tarafdori ekanini ta’kidlab, navbatdagi sammitni Samarqandda o‘tkazishga chaqirdi.
Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashib, strategik sheriklikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Muzokaralar yakunida Mirziyoyev AQSH prezidentini O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.
Shavkat Mirziyoyev va AQSH savdo vaziri Xovard Latnik huzurida bitimlar almashish marosimi bo‘lib o‘tdi, uning doirasida O‘zbekiston va AQSH kompaniyalari o‘rtasida nodir metallar, suvni tejash, infratuzilmani modernizatsiya qilish, raqamli texnologiyalar, samolyotlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha qator shartnomalar imzolandi.
Shavkat Mirziyoyev AQShning yirik kompaniyalari va moliya institutlari vakillari bilan uchrashib, energetika, qazib chiqarish, transport, raqamli texnologiyalar sohalarida kooperatsiya va investitsiya loyihalarini kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Prezident biznes tashabbuslarini shaxsan qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini, O‘zbekiston AQSH investorlari uchun ishonchli hamkor bo‘lib qolayotganini ta’kidladi. Prezident, shuningdek, Donald Tramp bilan muzokaralarda iqtisodiy hamkorlikning aniq yo‘nalishlari va yangi qo‘shma tashabbuslar muhokama qilinishini aytdi.
Shavkat Mirziyoyev Vashingtonda AQSH savdo vaziri Xovard Latnik bilan uchrashib, strategik sheriklikni mustahkamlash va savdo-investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Qo‘shma loyihalarni faollashtirish, shu jumladan, investitsiya platformasini yaratish va agrar sohada kooperatsiyani rivojlantirishga kelishib olindi.
Shavkat Mirziyoyev Vashingtonda General Motors International kompaniyasining global ijrochi direktori Shilpan Amin bilan uchrashib, hamkorlikni kengaytirish va O‘zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni ko‘paytirish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, yangi texnologik loyihalarni ishlab chiqish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini kengaytirish rejalari ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev Vashingtonda AQSH Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi direktori Ben Blek bilan uchrashib, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, moliya va IT sohalarida hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, tomonlar qo‘shma investitsiya platformasini yaratish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va Toshkent shahrida DFC mintaqaviy ofisini ochish masalalarini ko‘rib chiqdi.
Shavkat Mirziyoyev AQSH Eksimbanki rahbari Jon Yovanovich bilan uchrashuv o‘tkazdi, unda energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, AT va boshqa sohalardagi qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek, Boeing samolyotlari parkini yangilash masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Investitsiyalar vazirligi va AQSH Eksimbanki o‘rtasida loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risida bitim almashildi.
Shavkat Mirziyoyev 5-noyabr kuni Vashingtonda AQSH Kongressi Vakillar palatasi va Senati a’zolari bilan uchrashib, O‘zbekiston–AQSH munosabatlarini mustahkamlash, parlament va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Uchrashuvlar yakunida Kongress vakillari va AQSH biznes missiyalarining O‘zbekistonga tashriflari, shuningdek, iqtisodiy va mintaqaviy loyihalarni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Shavkat Mirziyoyev Dohada bo‘lib o‘tayotgan ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Butunjahon sammitida nutq so‘zlab, Global ijtimoiy adolat fondini tashkil etish va munosib mehnat tashabbusini ilgari surdi, O‘zbekistonning kambag‘allikni qisqartirish borasidagi yutuqlari, ta’lim, migrantlarni himoya qilish va iqlim choralarini bandlik dasturlari bilan uyg‘unlashtirish muhimligini ta’kidladi.
Doha shahrida Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashib, strategik sheriklikni mustahkamlash, energetika, transport, geologiya, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.